Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish nafaqalarini tayinlash tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan (796-son, 17.12.2025-y.) “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tugʻish nafaqalarini tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu nizomga koʻra, sugʻurta hodisalari yuzaga kelganda sugʻurtalangan shaxslarga quyidagi toʻlovlar toʻlanadi:
- 2026-yil 1-yanvardan homiladorlik va tugʻish nafaqasi;
- 2026-yil 1-iyuldan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi.
Sugʻurtalangan shaxslarga sugʻurta hodisasi yuzaga kelganda, toʻlovlar quyidagi shartlarga asosan tayinlanadi:
- davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni olish huquqi quyidagi davrlardan birida yuzaga kelganda:
- sugʻurtalangan shaxslar ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan davrda;
- yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan tuzilgan fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar asosida xizmat koʻrsatayotgan davrda;
- qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa rasmiy faoliyat bilan band boʻlgan davrda;
- homiladorlik va tugʻish nafaqasini olish uchun kamida 10 oy, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olish uchun kamida 6 oy sugʻurta staji mavjud boʻlsa.
Shuningdek, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi boʻyicha toʻlovlar mehnatga layoqatsizlik varaqasida koʻrsatilgan barcha davr uchun, biroq 1 kalendar yil davomida 182 kalendar kundan oshmagan qismi uchun amalga oshiriladi.
Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqa miqdorini hisoblashda sugʻurtalangan shaxsning sugʻurta stajiga mutanosib ravishda oʻrtacha oylik ish haqiga quyidagi staj koeffitsiyenti qoʻllaniladi:
- 10 oydan 24 oygacha (24-oy ham kiradi) sugʻurta stajiga ega boʻlganda – 75 foiz;
- 25 oydan 60 oygacha (60-oy ham kiradi) sugʻurta stajiga ega boʻlganda – 85 foiz;
- 61 va undan ortiq oy sugʻurta stajiga ega boʻlganda – 100 foiz.
Sugʻurtalangan shaxslarga tayinlangan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni toʻlash moliyaviy agent tomonidan amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring