Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatining Urgut tumanida boʻldi
Saida Mirziyoyeva kecha, 17-dekabr kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida boʻldi. Prezident administratsiyasi rahbari Samarqanddan Urgut vokzaligacha yangi temir yoʻl orqali bordi.

Tashrif davomida yangi temir yoʻl Urgutda erkin iqtisodiy zona shakllanishi, tadbirkorlar, yoʻlovchilar uchun masofa va xarajatlarni qisqartirishga xizmat qiladigan muhim infratuzilma boʻlishi aytildi.

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva Oʻzbekiston–Tojikiston chegarasida savdo, logistika va tibbiyot markazlarini tashkil etish loyihasi bilan tanishib, hududni tranzit nuqtadan iqtisodiy faoliyat markaziga aylantirish asosiy maqsad ekanini taʼkidladi.

Bundan tashqari, yangi logistika markazi kuniga 100 tagacha yuk avtomobiliga xizmat koʻrsatishi rejalashtirilgan. Bu yerda logistika faqat tashish emas, balki mahsulot qiymatini oshiruvchi bosqich sifatida koʻrilmoqda. Bojxona jarayonlarida byurokratiya qisqarib, tezlik va shaffoflik oshiriladi.

Diagnostika markazida 200 nafar bemor, savdo markazida esa 800 nafar tadbirkor uchun sharoitlar yaratiladi. Bu orqali Tojikiston fuqarolari ham pasport nazorati, ortiqcha hujjat va navbatlarsiz savdo qilishlari, tibbiy xizmatlardan foydalanishlari mumkin boʻladi. Odamlar uchun qulaylik oshadi va iqtisodiy aloqalar yanada kuchayadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring