“Mahalla yettiligi”ning samarasini oshirishda poytaxt yetakchi boʻlishi kerakligi taʼkidlandi
“Poytaxt – davlatning siyosiy, maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Poytaxtni boshqarish, rivojlantirish va muhofaza qilish boʻyicha oʻziga xos yondashuvlar boʻlishi kerak”, – dedi davlatimiz rahbari.
Shuning uchun Toshkent shahar kengashiga orttirib bajarilgan daromadning mahalliy byudjetga qaytariladigan qismidan 20 foizini tumanlarga taqsimlash vakolatini berish taklif qilindi. Shuningdek, Toshkent shahar va tuman hokimlariga mahalliy kengashlar bilan kelishgan holda boʻsh mablagʻlarni depozitga qoʻyishga ruxsat etiladi.
Umuman, Toshkent shahri faoliyatining huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilovchi “Oʻzbekiston Respublikasi poytaxtining maqomi toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qilish vaqti kelgani taʼkidlandi.
“Mahalla yettiligi”ning samarasini oshirishda poytaxt yetakchi boʻlishi kerakligi taʼkidlandi.
2026-yildan Toshkent shahrida yangi tizim joriy qilinadi – “mahalla yettiligi” toʻliq shahar hokimligi ixtiyoriga oʻtadi. Hokim oʻrinbosarlariga “mahalla yettiligi”ning har bir aʼzosiga yangicha yondashuv asosida KPI ishlab chiqib, tizimdagi ortiqcha hisobotlar kabi byurokratiyani yoʻqotish topshirildi.
“Yettilik” hisobotlar bilan emas, balki odamlarning ogʻirini yengil qilish bilan shugʻullanishi zarur», – dedi Prezidentimiz.
Yigʻilish davomida poytaxt va uning tumanlari hokimlarining hisobotlari tinglandi, tadbirkorlar bilan muloqot qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring