Uch oyda poytaxtning 4 ta qismida sunʼiy koʻl va havzalar qurish ishlarini boshlash topshirildi
Dunyoning yirik shaharlari kabi poytaxtimizda ham ekologiya masalasining dolzarbligi ortmoqda.
“Oxford economics” nashrining “Global shaharlar indeksi” reytingida Toshkent shahri dunyodagi 1 mingta shahar orasida 471-oʻrinni egallagan.
Mutasaddilarga ushbu reytingda poytaxtimizni ekologiyasi barqaror 300 ta shahar qatoriga olib chiqish boʻyicha tinimsiz shugʻullanish shartligi koʻrsatib oʻtildi.
Buning uchun uch oyda poytaxtning 4 ta qismida sunʼiy koʻl va havzalar qurish loyihalarini tayyorlab, ishlarni boshlash topshirildi. 1-iyungacha har bir tumanda 5 kilometrli 3 tadan soyali sayr koʻchalari foydalanishga topshiriladi. Har 10 ta mahalla uchun 1 tadan yashil bogʻ barpo qilish boʻyicha alohida dastur boshlanadi.
2026-yilda shaharda 18,5 kilometr kanal qirgʻoqlari mustahkamlanadi. Bu joylarda ham yashil hududlar va sayilgohlar tashkil qilishni hozirdan oʻylash zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, Bektemir, Sergeli va Yangihayotdan oʻtgan Chirchiq daryosining 16 kilometr qismini mustahkamlash hisobiga qoʻshimcha 800 gektar ochiladi. Bu yerlarda ham 200 gektarda “yashil belbogʻ”, 250 gektarda ichki yoʻllar, sayilgohlar, piyoda va veloyoʻlaklar qurilishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring