Andijonda 34 yoshli piyodani “Damas” urib yubordi
Illyustrativ foto
Andijon shahrida piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan fuqaroni mashina urib ketdi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 15-dekabr kuni soat 10:10 larda Andijon shahar Amir Temur shoh koʻchasida sodir boʻlgan. 2002-yilda tugʻilgan haydovchi S.A. “Damas” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, oldinda tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni kesib oʻtayotgan 1991-yilda tugʻilgan piyoda M.H.ni urib yuborgan.
Ushbu YTH oqibatida piyoda tan jarohati olib, RSHTYOIM Andijon filialiga murojaat qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIOFMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring