Misr futbol federatsiyasi FIFAni sudga bermoqchi
Avval xabar berganimizdek, FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati 3-turidan oʻrin olgan Eron — Misr oʻyini doirasida bir jinslilikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha turli tadbirlar oʻtkazmoqchi. Mazkur holat yuzasidan har ikki mamlakat FIFAga ushbu tadbirlarni bekor qilinishi soʻrab rasmiy maktub yoʻlladi. FIFA hali bu borada rasmiy javob bergani yoʻq, biroq bir qator Yevropa nashrlari tashkilot bu talabni rad etgani haqida yozmoqda.
Eron futbol federatsiyasi rahbari Mehdi Toj bu harakatlar notoʻgʻri ekanini taʼkidlab, intervyu bergan. Misrda esa bu masala parlamentgacha yetdi va mamlakat vakillari sport vaziridan bu masalani jiddiy kuzatishni soʻragan.
“Mamlakatdagi bir futbol rasmiyining soʻzlariga koʻra, hozirda Misr futbol federatsiyasi FIFA javobini kutmoqda va unga binoan keyingi qadamlar belgilanadi. Agar javob ular soʻragan talabni qabul qilish haqida boʻlmasa, Misr futbol federatsiyasi Xalqaro sport arbitraj sudiga FIFA ustidan shikoyat kiritadi”, deb yozmoqda Eronning “Total fut” portali.
Maʼlumot uchun, Jahon chempionati 3-turidan oʻrin olgan Eron — Misr oʻyini 2026-yilning 27-iyun sanasida Sietl shahridagi “Lumen Field” stadionida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring