Oʻzbekistonliklar oʻqish uchun asosan qaysi davlatlarga bormoqda?
2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida jami 26,4 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida chet elga safar qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Oʻzbekiston fuqarolari oʻqish maqsadida eng koʻp safar qilgan TOP-10 davlat:
- Rossiya – 5 ming 863 nafar;
- Tojikiston – 5 ming 761 nafar;
- Qirgʻiz R. – 3 ming 835 nafar;
- Koreya – 3 ming 344 nafar;
- Turkiya – 2 ming 256 nafar;
- Xitoy – 1 ming 186 nafar
- Qozogʻiston – 1 ming 14 nafar;
- Buyuk Britaniya – 839 nafar;
- Germaniya – 366 nafar;
- AQSH – 318 nafar.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 6,1 ming nafarga yoki 18,9 foizga kamaygan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring