Oʻzbekiston ayollarni onlayn zoʻravonlikdan himoya qilishga qaratilgan global harakatga qoʻshildi
Toshkentda onlayn va texnologiyalar orqali amalga oshirilayotgan zoʻravonlik shakllari muhokamasiga bagʻishlangan yuqori darajadagi davra suhbatini oʻtkazdi. Unda Oʻzbekiston BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining global “BodyRight” kampaniyasiga qoʻshilgani maʼlum qilindi.

Davra suhbati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati bilan hamkorlikda, Buyuk Britaniya hukumati koʻmagi bilan tashkil etildi. Unda siyosatchilar, fuqarolik jamiyati vakillari, xalqaro hamkorlar va faollar, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Oʻzbekistonda bu borada erishilgan yutuqlar, jumladan idoralararo muvofiqlashtirish mexanizmlarining ishga tushirilgani va jabrlanuvchilar uchun inklyuziv xizmatlarning kengaygani alohida qayd etildi.

Tadbirning muhim nuqtasi — Oʻzbekistonda BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining global “BodyRight” kampaniyasi rasmiy ishga tushirilishi boʻldi. Maʼlum qilishlaricha, kampaniya har bir xotin-qizning onlayn zoʻravonlikdan himoyalanish huquqini ilgari surishga qaratilgan.

BMT Aholishunoslik jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari Nigina Abaszade aynan ushbu kampaniya yuzasidan OAVga intervyu berdi.

– Ushbu davra suhbati 2025-yilda Oʻzbekistonda oʻtkazilgan “Zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” xalqaro kampaniyasining yakuniy tadbiri hisoblanadi. Ammo, bugungi tadbir orqali BMT Aholishunoslik jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Ijtimoiy himoya milliy agentligi yana bir kampaniya – “BodyRight” boshladi. Oʻzbekiston ushbu bir yillik kampaniyani boshlash orqali global harakatga qoʻshilmoqda.
Maqsad – raqamli makonda xavfsizlikni taʼminlash, raqamli zoʻravonlikdan himoyalanish boʻyicha xabardorlikni oshirish, – dedi Nigina Abaszade.
Mashhura Alimardon, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring