Piskentda 24 tup tol daraxti kesib tashlandi
Toshkent viloyati Piskent tumanida 24 tup tol daraxti noqonuniy ravishda kesib tashlangani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro murojaatiga koʻra, Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi boshligʻi Barhayot Meliyev boshchiligida ishchi guruh tuzilib, zudlik bilan voqea joyiga chiqib oʻrganilgan.
Oʻrganish davomida murojaatdagi manzil — Piskent tumani Lolariq MFY “Yangi zamin” bogʻdorchilik va uzumchilik shirkati hududida joylashgan “Sh.” fermer xoʻjaligiga qarashli boʻlgan maydonda dala chetida oʻsib turgan 24 tup tol daraxt hech qanday ruxsatnomasiz, noqonuniy ravishda kesib tashlangani aniqlangan.

Mazkur holat boʻyicha fermer xoʻjaligi rahbaridan tushuntirish xati olingan hamda dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-sonli Qarori 4-ilovasiga asosan 218 million 566 ming soʻm miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar hisob-kitob qilingan.
Qayd etilishicha, endilikda toʻplangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun Toshkent viloyati prokuraturasiga yuboriladi.
Piskent tumani hokimligining maʼlum qilishicha, holat yuzasidan fermer xoʻjaligi rahbari S.Y.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 79-moddasi 1-qismi asosida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Shundan soʻng, tabiatga zarar yetkazgan fermer oʻz aybiga iqror boʻlib, kesilgan daraxtlar oʻrniga 200 tup manzarali daraxt ekishini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring