Fargʻonada bir oyda 7 mlrd soʻmlik giyohvandlik vositalari aniqlandi
Foto: Fargʻona viloyati IIB
Fargʻona viloyatida bir oyda 7 milliard soʻmlik giyohvandlik vositalari aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu jinoiy xatti-harakatlar joriy yilning noyabr oyida “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor profilaktik tadbirlari davomida Fargʻona viloyat IIB, DXX va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida fosh etilgan.
Xususan, jami qiymati 7 milliard soʻmdan oshiq boʻlgan 30 kgdan ortiq yaʼni 60 ming doza giyohvandlik vositalari hamda 17 ming 91 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Taʼkidlanishicha, tezkor tadbirlar natijasida 20 mingga yaqin fuqarolarning zaharlanishi xavfi bartaraf etilgan.
“Tadbirlar davom etmoqda”, deya qoʻshimcha qilgan boshqarma.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring