Namanganda 1,1 mlrd soʻmlik oltinni chegaradan noqonuniy olib oʻtgan shaxs ushlandi
Foto: DXX
Oʻzbekistonga Qirgʻizistondan aylanma yoʻllar orqali, qonunga xilof ravishda olib oʻtilgan koʻp miqdordagi qimmatbaho metall savdosiga chek qoʻyildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, DXXning Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi, Chegara qoʻshinlari hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida Kosonsoy tumanida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unda Kosonsoy tumanida yashovchi, 1996-yilda tugʻilgan fuqaro togʻasi 1988-yilda tugʻilgan shaxsning koʻrsatmasiga asosan davlat chegarasini noqonuniy tarzda kesib oʻtib, Qirgʻizistondan mamlakatimiz hududiga taxminiy summasi 1,1 milliard soʻm boʻlgan umumiy ogʻirligi 1 kilogramm 168 gramm miqdoridagi oltin quymasi parchalarini olib kirgani haqida tezkor maʼlumot olingan.
Hamkorlikdagi tadbir davomida u oltinlarni ushbu tumanda yashovchi, boshqa bir qarindoshiga yetkazib bergan vaqtida jinoyat ustida qoʻlga olingan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 223-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring