Korxonasini poytaxtdan Sirdaryoga koʻchiradiganlarga yerlar chegirma bilan taklif etiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident ishtirokida oʻtayotgan Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Toshkent shahridagi sanoat korxonalari bosqichma-bosqich poytaxtdan tashqariga koʻchirilayotganiga toʻxtalib oʻtildi.
Ularning koʻpchiligi mehnat resursi, infratuzilmasi bor, yer-mulk soligʻi arzonroq boʻlgan joylarni izlamoqda.
Bu borada Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasida boʻsh turgan yerlarga poytaxtdagi mavjud quvvatlarni joylashtirish uchun juda katta imkoniyat borligi taʼkidlandi.
Shu bois, Toshkent shahridagi korxonasini Sirdaryoga koʻchirmoqchi boʻlgan tadbirkorlar uchun sanoat zonasidagi yerlar soddalashtirilgan tartibda, chegirma bilan taklif etiladi.
Ularga 10 milliard soʻmgacha imtiyozli kredit beriladi. Xomashyoni temir yoʻli orqali tashishda arzonlashtirilgan tariflar qoʻllanadi.
Viloyatdagi oʻrta va yirik korxonalarning aksariyati Sirdaryo, Guliston, Sayxunobod, Mirzaobod tumanlari va Guliston shahriga toʻgʻri keladi.
Mazkur korxonalarni elektr bilan taʼminlaydigan “Feruz” podstansiyasining quvvati 2 karra oshirilsa, tadbirkorlar yana 200 million dollarlik yangi loyihalarni qilish tashabbusini bildirgan.
Mutasaddilarga ushbu podstansiyada 2 ta 250 megavattli transformator oʻrnatib, quvvatini oshirish topshirildi.
Umuman, sanoatdagi imkoniyatlardan foydalanib, viloyatda 25 ming yuqori daromadli ish oʻrinlarini yaratish, ishlab chiqarishda kamida 7 foiz oʻsishga erishib, 30 trillion soʻmga yetkazish zarurligi qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring