Timur Kapadzening yangi jamoasi aniq boʻldi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze Namanganning “Navbahor” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqida klubning rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
“Navbahor” futbol klubi bugun yangi bosh murabbiy sifatida Timur Kapadzeni rasman tanishtiradi.
Tajribali mutaxassis klub rahbariyati bilan barcha masalalarni muhokama qilgan holda, jamoadagi kelgusi rejalar va maqsadlar yuzasidan toʻliq kelishuvga erishdi. Tomonlar oʻzaro shartnoma imzoladi.
Timur Kapadze — Oʻzbekiston futbolining eng taniqli vakillaridan biri boʻlib, murabbiylik faoliyati davomida yoshlardan tortib milliy terma jamoagacha boʻlgan turli darajadagi jamoalarni muvaffaqiyatli boshqargan. Uning qoʻl ostida jamoalar xalqaro maydonda yirik natijalarga erishgan.
“Navbahor” FK rahbariyati Timur Kapadzening tajribasi, professional qarashlari va zamonaviy futbolga oid yondashuvi klub oldiga qoʻyilgan maqsadlarni amalga oshirishda muhim oʻrin tutishiga ishonch bildiradi, — deyiladi klub matbuot xizmati xabarda.
Maʼlumot uchun, avvalroq Timur Tohirovich Indoneziya milliy terma jamoasini boshqarishi mumkin ekanligi aytilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring