Shomurodov va Fayzullayev gol urgan oʻyinda “Bashakshehir” muhim gʻalabaga erishdi
Turkiya Superligasining 14-turidan oʻrin olgan uchrashuvda “Bashakshehir” jamoasi safarda Shota Arveladze boshqarayotgan “Qosimposho” klubini 3:1 hisobida magʻlub etdi.
Bellashuvning 26-daqiqasida asosiy tarkibda maydonga tushgan Abbosbek Fayzullayev jarima zarbasidan soʻng darvozani aniq nishonga olib, istanbulliklarga muhim ustunlikni taʼminladi. Tanaffus arafasida, 45+4-daqiqada Harit hisobni ikki gollik farqqa yetkazdi.
Uchrashuvning yuqori tempda kechgan soʻnggi daqiqalarida Eldor Shomurodov ham oʻz mahoratni namoyish etib, 90+3-da gol urdi va jamoasi gʻalabasini mustahkamladi. Shu tariqa, Oʻzbekiston milliy jamoasi sardori Eldor Shomurodovning Superligadagi gollari soni 10 taga yetdi. Mezbonlar safida yagona gol Arous tomonidan 79-daqiqada kiritildi.
Gʻalaba “Bashakshehir”ga ochkolari sonini 16 taga yetkazish va turnir jadvalida 9-oʻringa koʻtarilish imkonini berdi. “Qosimposho” esa 13 ochko bilan 14-pogʻonada qolib ketdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring