Ikki viloyatda sifatsiz alkogol mahsulotlari savdosi toʻxtatib qolindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona shahri boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “V.A.” MCHJ savdo doʻkoni sotuvchisi fuqaro O.S. xaridorga 2 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo doʻkonidan turli nomdagi umumiy bahosi 106,7 million soʻmlik qalbki alkogol hamda 10,5 million soʻmlik tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Shu kabi yana bir holat, departamentning Shahrisabz shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Unga koʻra, “Boʻston” MFY hududidagi “D.D.” xususiy korxonasiga qarashli savdo doʻkonida umumiy bahosi 34,5 million soʻmlik 18 turdagi 938 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring