Bloger “Real Sanjik” qamoqqa olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Real Sanjik” taxallusi bilan tanilgan bloger Sanjar Karimov qamoqqa olindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.
Bildirilishicha, Jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudida Toshkent shahar prokurori birinchi oʻrinbosarining Jinoyat kodeksining 112-moddasi 1-qismi va 25,273-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanuvchi va Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida ushlangan S.K.ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi iltimosnomasi taqdim etilgan hujjatlar bilan koʻrib chiqilgan.
Sudning 2025-yil 28-noyabrdagi ajrimi bilan Toshkent shahar prokurori birinchi oʻrinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, ayblanuvchi S.K.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilib, qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilangan.
Maʼlumot uchun, ijtimoiy tarmoqlarda “Real Sanjik” taxallusi ostida tanilgan bloger 1990-yilda Namangan viloyatida tugʻilgan, u “Finans invest” KSB taʼsischisi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring