Gonkongdagi yongʻindan jabrlanganlar orasida oʻzbekistonliklar yoʻqligi aytildi
Gonkongdagi turar joy majmuasida yuz bergan fojiali yongʻin oqibatida halok boʻlganlar yoki jarohat olganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻq, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burxonov.
“Gonkongdagi turar joy majmuasida yuz bergan fojiali yongʻin oqibatida halok boʻlganlar haqida xabarni chuqur qaygʻu bilan qabul qildik. Marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik va chuqur taʼziyamizni bildiramiz. Jarohat olganlarga esa tez fursatlarda shifo tilaymiz”, deyiladi TIV vakili xabarida.
Uning qoʻshimcha qilishicha, Oʻzbekistonning Xitoydagi diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasalari voqea yuzasidan mahalliy hokimiyat vakillari bilan darhol aloqa oʻrnatgan. Unda hozirgi vaqtga qadar halok boʻlganlar va jabrlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻqligi maʼlum qilingan.
Taʼkidlanishicha, mazkur masala doimiy ravishda TIV nazoratida.
Burxonov, shuningdek, zarurat yuzaga kelganda yordamga muhtoj fuqarolar quyidagi raqamlarga murojaat qilishlari mumkinligini bildirdi
Oʻzbekistonning Xitoydagi elchixonasi:
- Telefon: +86 185 1441 7274
- Telefon: +86 (10) 6532 6305
- Faks: +86 (10) 6532 6304
- E-mail: ch.uzembassy@mfa.uz
Oʻzbekistonning Shanxaydagi Bosh konsulligi:
- Telefon: +86 132 4800 8171
Oʻzbekistonning Guanchjoudagi Bosh konsulligi:
- Telefon: +86 132 4970 0996
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring