Olimlar “Mars” tuprogʻida arpa yetishtirishga muvaffaq boʻldi
Illyustrativ foto
Rossiyaning Janubiy federal universiteti olimlari Mars tuprogʻi tarkibiga yaqinlashtirilgan gruntda arpa yetishtirishga muvaffaq boʻldi. Bu haqda “RIA Novosti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bu natijaga erishish uchun ular gruntga oʻnta turdagi bakteriya va koʻkchilik shtammlaridan iborat maxsus mikrob aralashmasi qoʻshgan. Bu mikroorganizmlar bir-birini qoʻllab-quvvatlab, oʻsimlik uchun zarur boʻlgan ozuqaviy moddalar qatlamini shakllantiradi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, oʻsimlik yetishtirish uchun grunt gumusga boy boʻlishi kerak. Gumus mikroorganizmlar faoliyati tufayli vujudga keladi — ular “jonsiz” tuproqni egallab, uni hosildor qatlamga aylantiradi. Mars regoliti esa bunday jonsiz tuproqning eng ekstremal koʻrinishi boʻlib, unda ozuqaviy moddalar yoʻq, ammo metall tuzlari juda koʻp.
JFUning “Mikrob konsorsiumlarining molekulyar genetikasi” yoshlar laboratoriyasi rahbari Yevgeniya Prazdnova taʼkidlashicha, mikroorganizmlar yordamida gruntni boyitish, yaʼni bioremediatsiya usuli yerdagi yongʻinlar yoki inson faoliyatidan zararlangan tuproqni tiklashda ham samarali hisoblanadi. Universitet mutaxassislari shu yondashuvni Moxave chiqindisidagi Mars modeli gruntiga ham qoʻlladi.
Tadqiqotchilar sunʼiy Mars tuprogʻiga sianobakteriyalar, aktinomitsetlar, batsillalar va boshqa barqarorlikni taʼminlovchi mikroorganizmlarni qoʻshib, arpa yetishtirishga erishdilar. Bu shtammlar fotosintezni oʻzlashtirish va biomassa shakllantirish uchun javobgar hisoblanadi.
Prazdnovaning soʻzlariga koʻra, laboratoriya sharoitida emas, balki qiyin iqlim va zararlangan hududlarda, kelajakda esa boshqa sayyoralarda oʻsimlikdan real hosil olish — ilmiy jamoalar oldida turgan asosiy murakkab vazifalardan biri boʻlib qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring