Prezident Toshkent havosini yaxshilash boʻyicha muhim qarorni tasdiqladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-noyabr kuni poytaxt va Toshkent viloyati ekologiyasini yaxshilashga qaratilgan yangi chora-tadbirlar dasturini imzoladi. Unga koʻra:
Gazni uzluksiz yetkazib berish boʻyicha mavsumiy grafiklar, limit va tariflar takomillashtiriladi. Shuningdek, issiqxonalar kafolatlangan hajmda tabiiy gaz bilan taʼminlanadi va soliq imtiyozlari beriladi.
Yil oxirigacha esa mazut va ekologiyani yuqori ifloslantiruvchi boshqa yoqilgʻidan foydalanish, zararli moddalar chiqarilishining oldini olish uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish boʻyicha qonunchilikka oʻzgartirishlar tayyorlanadi.
2025-yil noyabr oyi soʻngigacha respublika ishchi guruhi tuziladi va yashil hududlar maydonini kengaytirish, zamonaviy landshaft va shahar ekotizimini rivojlantirish, sugʻorish va parvarishlash infratuzilmasini yangilash, energiya tejamkor va raqamli monitoring yechimlarini joriy etish masalalarini qatʼiy oʻrganadi.
Shuningdek, 1-dekabrdan boshlab respublika boʻyicha AYoQShlarda AI-80 benzini sotilishi qatʼiy nazoratga olinadi. Bu aholini sifatli va ekologik toza yoqilgʻi bilan taʼminlashga qaratilgan.
Shu bilan birga, dekabrdan Toshkentda tigʻiz vaqtlarda yuk tashuvchi transport vositalari harakati cheklanadi. Mazkur tartib joriy etiladigan yoʻllar Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Qurilishlarda ekologik nazorat kuchaytiriladi. 2026-yil mart oyiga qadar qurilish boshlanishidan oldin onlayn kameralar va fon monitoring stansiyalari oʻrnatilishini talab etuvchi “Qurilishda ekologik faoliyat standarti” ishlab chiqiladi. Standartlar xalqaro talablarga mos boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring