Eron AQSHga yadroviy muzokaralarni qayta boshlash shartini aytdi
Illyustrativ foto
Agar AQSH hurmat koʻrsatsa, Eron yadroviy muzokaralarni qayta boshlashga tayyor. Bu fikrlarni Eron Oliy Rahnamosining tashqi siyosat boʻyicha maslahatchisi Kamol Xarrazi aytib oʻtdi.
“Ular biz belgilagan shartlar asosida biz bilan muloqot qilishga tayyor ekanliklarini koʻrsatish uchun birinchi qadamni qoʻyishlari kerak”, — deydi eronlik diplomat.
Shu oʻrinda Xarrazi ikki mamlakat oʻrtasidagi muzokaralar “tenglik va oʻzaro hurmat” tamoyillari asosida olib borilishi kerakligini taʼkidladi.
Avvalroq, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi Tehronda iyun oyidagi AQSH hujumlaridan 400 kilogramm 60 foiz boyitilgan uranning qancha qismi “omon” qolgani haqida aniq maʼlumotlar yoʻqligini aytgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring