Prezident Denov va Chiroqchi tumani hokimlarini ishdan oldi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlatimiz rahbari videoselektor yigʻilishida Uzun tumanini namunaviy hududlardan biri sifatida qayd etdi. 51 ta mahallasi boʻlgan tumanga joriy yil kambagʻallikni qisqartirish va bandlik dasturlari doirasida 160 milliard soʻm mablagʻ berilgan.
Tumanga 70 million dollar xorijiy investitsiya olib kelindi, 47 ta korxona ishga tushirildi, 300 ta servis obyektida 1 ming nafar odam ishli boʻldi, 9 ta mahalla uzumchilikka ixtisoslashtirilib, tadbirkor bilan aholi oʻrtasida kooperatsiya yoʻlga qoʻyildi, 2 mingdan ziyod mikroloyihada 4 ming 200 nafar odam daromadli boʻldi.
Shularning hisobiga Uzun tumanida yil boshidan kambagʻallik darajasi 10,5 foizdan 3 foizgacha kamaydi.
Shu bilan birga, Uzun tumaniga nisbatan 4,5 barobar koʻp mablagʻ olgan Denov tumani hokimligi ishlarni oʻz holiga tashlab qoʻygani koʻrsatib oʻtildi. Kambagʻal oilalar reyestriga kirganidan buyon 1200 ta oila daromadida oʻzgarish boʻlmagan.
Yoki Chiroqchi tumaniga joriy yil mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kreditga 309 milliard soʻm resurs berilgan. Lekin tuman hokimligi shuncha resursi bilan ham odamlarga imkoniyatiga yarasha tayyor loyiha bermagan.
Shu bois, Denov tumani hokimi I.Abrorov, uning birinchi oʻrinbosari Sh.Toʻraqulov, Chiroqchi tumani hokimi F.Yusupov, uning birinchi oʻrinbosari Z.Ergashev ishdan olinishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring