Osiyo tarixidagi eng qimmat futbolchilar roʻyxati eʼlon qilindi
Foto: OʻFA
Futbolchilarning bozor qiymatini baholash bilan shugʻullanuvchi “Transfermarkt” portali oʻz versiyasiga koʻra, Osiyo futboli tarixidagi eng qimmat futbolchilar roʻyxatini eʼlon qildi.
Unga koʻra, “Tottenhem“ jamoasining sobiq janubiy koreyalik hujumchisi Son Hyun Min roʻyxatda 1-oʻrinni egallab turibdi. Portal uni 2020-yilda 90 million yevroga baholagan.
Bu borada 2-oʻrindan esa yapon futbolchisi Takefuso Kubo joy olgan. 2023-yil portal ushbu futbolchini 60 million yevroga baholagan.
Roʻyxatning 3-oʻrinidan esa “Manchester Siti“ va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov joy olgan. Husanovning hozirgi narxi 35 million yevroni tashkil etmoqda.

Keyingi oʻrinlarda eronlik Sardor Azmun (25 million yevro) va avstraliyalik Harri Kevell (20 million yevro) joy olgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring