Ronaldu Tramp va Saudiya valiahdi ishtirokidagi ziyofatda qatnashdi
Futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu Oq uyda AQSH prezidenti Donald Tramp va Saudiya Arabistoni valiahd shohzodasi Muhammad bin Salmon ishtirok etgan ziyofatda qatnashdi. Ronalduning tadbirdagi rasmlari va qisqa videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamaga sabab boʻldi.

Tramp bir qator nufuzli mehmonlar qatnashgan kechki ovqatda 40 yoshli portugaliyalik futbolchini alohida eʼtirof etib, oʻgʻli Barron uning ashaddiy muxlisi ekanini aytdi.
“Barron u bilan uchrashdi — oʻylaymanki, endi menga nisbatan ham hurmati bir oz oshdi, chunki men ularni tanishtirib qoʻydim”, deydi AQSh prezidenti.
OAV xabariga koʻra, Ronaldu Sharqiy xonaning old qismida, prezident va shohzoda nutq soʻzlagan joyga yaqin oʻrinda oʻtirgan. Tadbirda ikki davlat rasmiylari, FIFA prezidenti Janni Infantino, shuningdek, “Apple” rahbari Tim Kuk va “Tesla” asoschisi Ilon Mask kabi yirik biznes namoyandalari ham qatnashgan.


“Reuters”ning yozishicha, Tramp Muhammad bin Salmonni qabul qilish orqali uning xalqaro mavqeini yaxshilash va Saudiya bilan Vashington oʻrtasidagi munosabatlarni kuchaytirishga harakat qilmoqda. Maʼlumki, 2018-yilda AQShda yashagan jurnalist Jamol Xashogʻjining oʻldirilishi ortidan valiahd shohzodaning xalqaro imijiga jiddiy zarar yetgandi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring