Sankt-Peterburgda mehnat migrantlari uchun patent narxi oshiriladi
Sankt-Peterburgda (Rossiya) 2026-yilda mehnat migrantlari uchun patent narxi 6 ming rubldan 8 ming rublgacha koʻtariladi. Bu haqda TASS shahar parlamenti matbuot xizmatidan olingan maʼlumotga tayanib xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Peterburg parlamentining byudjet va moliya qoʻmitasi shahar gubernatori taklif qilgan, mehnat bozorining mintaqaviy xususiyatlarini inobatga oluvchi koeffitsiyentni 2,3457659 ga oshirish haqidagi qonun loyihasini qoʻllab-quvvatladi.
“Bu koeffitsiyent patent — yaʼni mehnat migrantlari uchun belgilanadigan oldindan toʻlanadigan qatʼiy toʻlov miqdorini Rossiyaning har bir hududi sharoitidan kelib chiqib tartibga solish imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.
Loyiha mualliflarining taʼkidlashicha, taklif etilayotgan oʻzgarishlar Peterburg byudjetiga kamida 11 milliard rubl tushirish imkonini beradi. Shu bilan birga, Leningrad viloyati ham xorijlik ishchi migrantlar uchun patent narxini 8 ming rublga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Eslatib oʻtish joiz, Sankt-Peterburgda patent narxi 2018-yildan beri shaharning umumiy maosh darajasiga mutanosib ravishda bosqichma-bosqich oshirib kelinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring