Xovosda IIBning ikki nafar tezkor xodimi pora olayotgan vaqtda ushlandi
Xovos tumani IIB xodimlari pora olayotgan vaqtlarida ushlandi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning oktyabr oyida Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida bogʻdorchilik bilan shugʻullanuvchi MCHJga tegishli dala maydonidan polietilen sellofan oʻgʻirlab ketilganligi holati boʻyicha mazkur tuman Ichki ishlar boʻlimiga murojaat kelib tushgan.
Shundan soʻng, Ichki ishlar boʻlimi Tezkor-qidiruv xizmatining podpolkovnik va mayor unvonidagi 2 nafar katta tezkor xodimi oʻgʻirlikda gumon qilib 4 nafar fuqaroni majburiy tarzda IIBga olib borib, ularni qamab yuborish bilan qoʻrqitib, ishni “bosdi-bosdi” qilish uchun 55 million soʻm talab qilgan. Keyinroq esa tezkor xodimlar zararni qoplash uchun deya gumonlanuvchi shaxslardan 24 million soʻm olgan.
Bundan tashqari, ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatmaslik, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllamaslik hamda toʻplangan hujjatlarni maʼmuriy javobgarlik keltirib chiqaruvchi holatga toʻgʻrilab, sudga yuborish evaziga qoʻshimcha 11 million soʻm talab qilishgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur katta tezkor xodimlar tamagirlik yoʻli bilan 11 mln soʻmni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “v”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring