Voyaga yetmagan qizga tazyiq va zoʻravonlik qilgan shaxs qoʻlga olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qizni tazyiq va zoʻravonlik bilan fohishalik qilishga majburlash holatlari aks etgan video tasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB munosabat bildirdi
Unda aytilishicha, ushbu holat Ichki ishlar organlari tomonidan oʻrganilib, videotasvirdagi ayollarning shaxsiga aniqlik kiritilgan.
Oʻrganish ishlari davomida muqaddam jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan sudlangan, 2004-yilda tugʻilgan Sh.T. unga tanish boʻlgan 2008-yilda tugʻilgan, M.M.ni Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi xonadonda ushlab turgan. Bundan tashqari, qizning telefon apparatini talon taroj qilib, sotib yuborgani ham maʼlum boʻlgan.
Shuningdek, M.M.ning ojiz ahvoldaligidan foydalanib, unga muntazam ravishda tazyiq oʻtkazib kelgani oydinlashgan.
Mazkur holat yuzasidan jabrlanuvchi M.M.ning huquqlari qonuniy asosda tiklanib, Andijon viloyati IIB tomonidan gumonlanuvchi Sh.T.ga nisbatan JKning 138-moddasi 2-qismi “a” bandi 135-moddasi 3-qismi “a, b” bandi va 166-moddasi 2-qismi “a” bandi, bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
“Hozirda jabrlanuvchi M.M.ga Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan psixologik, yuridik va ijtimoiy yordamlar koʻrsatilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring