Shifokor retseptisiz psixotrop moddalar savdosi bilan shugʻullangan shaxslar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “B.P.” MCHJ dorixonasi sotuvchisi N.N. tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalari mavjud boʻlgan 10 quti “Omnadren 250” nomli dori vositasini fuqaro M.Q.ga 2,8 million soʻmga shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Shu kabi yana bir holat, departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan Yunusobod tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.
Unga koʻra, “Ch.P.” MCHJ dorixonasi sotuvchisi Yu.A. tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalari mavjud boʻlgan 500 dona “Benzonal” nomli dori vositasini shifokor retseptisiz sotgani oshkor boʻlgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring