Jizzaxda mansabdor shaxs 6 million soʻm pora bilan qoʻlga tushdi
Jizzaxda tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi pora bilan ushlandi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, Jizzax viloyatidagi tumanlardan birining Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi joriy yilning sentyabr oyida mahalliy tadbirkor tomonidan qurilishi rejalashtirilgan koʻp qavatli uyning loyiha hujjatlarini tasdiqlab berib, evaziga 200 AQSH dollari olgan.
Keyinroq tadbirkor aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida ushbu koʻp qavatli uyga yaqin joyda xususiy maktab qurish uchun loyiha hujjatlarini tasdiqlab berishini soʻrab, yana mazkur mansabdor shaxsga murojaat qiladi. Bu safar esa u 6 million soʻm talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Prokuratura organlari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi ushbu pul mablagʻini oʻzining turmush oʻrtogʻi orqali olgan vaqtida qoʻlga olingan.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “a”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Maʼlumot uchun, mazkur moddaning ushbu bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun 5-yildan 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring