“Tashqariga chiqqanda niqob taqing”: “Oʻzgidromet” Toshkent va Andijon shaharlari aholisini ogohlikka chaqirdi
Toshkent va Andijon shaharlarida havo sifati yomonlashgani sababli aholi ehtiyot choralarini koʻrishga chaqirildi. Bu haqida Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, bugun, 11-noyabr kuni avtomatik monitoring stansiyasi maʼlumotlariga koʻra, Andijon avtomatik stansiyasida soat 10:00 atmosfera havosidagi PM10-mayda zarrachalarining miqdori 502 mkg/m3 ni tashkil etgan. Bu koʻrsatkich soatlik ruxsat etilgan meʼyordan 1,0 barobar oshgan.
Shuningdek, PM2,5-mayda dispersli zarrachalarining tarkibi 314 mkg/m3 ni tashkil etgan va soatlik ruxsat etilgan meʼyordan 8,9 barobar koʻpaygan.
Bundan tashqari, soat 09:00 holatiga koʻra atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi avtomatik stansiyalari maʼlumotlariga koʻra, Toshkent shahrining atmosfera havosidagi PM10-mayda dispersli zarrachalarning miqdori 189 mkg/m3 ni tashkil etgan. Bu esa ruxsat etilgan meʼyorlardan (REM) (300 mkg/m3) oshmagan.
PM2,5-mayda dispersli zarrachalar miqdori 143 mkg/m3 ni tashkil etdi, ruxsat etilgan meʼyorlardan (60 mkg/m3) 2,4-marta ortgan.
“Toshkent va Andijon shahri aholisi hamda mehmonlaridan ehtiyot choralarini koʻrishlarini soʻraymiz. Ochiq havodagi faoliyatlarini qisqartirishlari, tashqariga chiqqanda niqob taqishlarini tavsiya etamiz”, — deyiladi “Oʻzgidromet” ogohlantirish xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring