G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
AQSH prezidentni Donald Tramp Qoʻshma Shtatlar Janubiy Afrikada boʻlib oʻtadigan G20 sammitida ishtirok etmasligini maʼlum qildi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, AQSH yetakchisi oʻzining “Truth Social” ijtimoiy tarmogʻida G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi mutlaqo sharmandali holat ekani haqida yozgan.
Maʼlumot uchun, Trampning bu bayonotiga qadar G20 sammitida AQSH nomidan vitse-prezident Jey Di Vens ishtirok etishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Tramp oʻz bayonotini mezbon mamlakatga qarshi jiddiy ayblovlar bilan izohlagan. U Janubiy Afrikada oq tanli fermerlar oʻldirilayotgani hamda ularning yerlari musodara qilinayotganini daʼvo qilgan.
“Bu inson huquqlari buzilishi davom etar ekan, AQSH hukumatining birorta ham vakili ushbu sammitda ishtirok etmaydi. Men 2026-yilda Florida shtatining Mayami shahrida G20 sammitini oʻtkazishni intiqlik bilan kutaman”, deb yozgan Donald Tramp.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring