Namanganda yonida giyohvandlik moddasi olib yurgan 22 yoshli fuqaro qoʻlga olindi
Yonida giyohvandlik moddasi olib yurgan shaxs aniqlandi. Bu haqida Namangan viloyati IIB xabar berdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning 4-oktyabr kuni Davlatobod tuman IIB xodimlari tomonidan “Elobod” mahallasi hududida, “Porloq” mahallasida yashovchi 2003-yilda tugʻilgan fuqaro M.U. toʻxtatilib, yoni koʻzdan kechirilgan.
Maʼlum boʻlishicha, tekshiruv natijasida fuqaro yonidan sof ogʻirligi 0.37 gramm boʻlgan “Gashish” giyohvandlik moddasi topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Davlatobod tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring