Xalqaro pochta joʻnatmalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi belgilandi
Illyustrativ foto
Hukumatning 2025-yil 6-noyabrdagi 700-son qarori bilan “Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan hamda bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlar bojxona nazoratidan oʻtkazilishi kerak.
Pochta aloqasi operatori va ekspress tashuvchi tomonidan pochta va kuryerlik joʻnatmalari bojxona koʻzdan kechiruvi hamda bojxona koʻrigini oʻtkazish uchun bojxona organlariga taqdim etiladi.
Ushbu joʻnatmalar orqali olib kiriladigan va yuboriladigan tovarlar bojxona nazoratida tashish shartlariga rioya etgan holda manzil bojxona postiga yetkaziladi.
Joʻnatmalarni tashish, yuklash (qayta yuklash), tushirish, saqlash va boshqa shu kabi yuk operatsiyalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan xarajatlar pochta aloqasi operatori yoki ekspress tashuvchi hisobidan qoplanadi.
Pochta va kuryerlik joʻnatmasi bojxona organlari tomonidan xavfni boshqarish tizimini qoʻllagan holda “qizil”, “sariq” va “yashil” yoʻlaklar orqali roʻyxatga olingan joʻnatmalar deklaratsiyasi asosida bojxona nazoratidan oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring