Ronaldu oʻzini Trampdan ham mashhur deb hisoblashini aytdi
Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu AQSH Prezidenti Donald Trampdan ham mashhurroq ekanini aytdi. Bu haqda u jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusida gapirgan. Ushbu suhbat futbolchining shaxsiy YouTube kanalida eʼlon qilingan.
Krishtianu Ronaldu intervyuda AQSH Prezidentini juda hurmat qilishini qayd etar ekan, Tramp dunyoda tinchlikka erishish jarayonida muhim shaxslardan biri hisoblanishini taʼkidlagan. Shuningdek, u Tramp bilan uchrashishni orzu qilishini ham maʼlum qilgan.
“Men bir kuni u bilan koʻrishishni va suhbatlashishni istayman, chunki u men hurmat qiladigan insonlardan biri”, degan futbolchi. Ronalduning soʻzlariga koʻra, ularni bogʻlab turuvchi qandaydir shaxsiy oʻxshashlik bor, ammo futbolchi hozircha buni oshkor etmaydi.
Teleboshlovchi Pirs Morgan Trampning oʻgʻli Barron Ronalduning muxlisi ekanini aytganida, Ronaldu Barronni ham ularning ehtimoliy uchrashuviga taklif etishini bildirgan.
Shu bilan birga, Ronaldu oʻzini Donald Trampdan ham mashhur deb hisoblashini taʼkidlab, bugungi kunda dunyoda undan mashhur inson yoʻqligini aytgan. Biroq u shon-sharafning baʼzan zerikarli va ogʻir boʻlishini ham tan olgan.
Portugaliyalik yulduz Morgan bilan suhbatda yaqin yillarda futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqida gap ochgan, ammo aniq vaqtni ochiqlamagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring