Xurmo quritilib, undan mayiz va chips tayyorlanmoqda
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida Yaponiya qishloq xoʻjalik universiteti bilan hamkorlikda yangi loyiha amalga oshirilyapti. Bundan koʻzlangan maqsad — xurmo mevasini quritib, mayiz va chips tayyorlab, ularni qadoqlab, xorijga eksport qilish orqali qishloq aholisining daromadini oshirishdan iborat.
Loyiha doirasida joriy yilda institutda xurmo quritish inshooti qurildi. Unda bir vaqtning oʻzida 80 tonnadan 100 tonnagacha meva quritiladi. Xurmoni saqlash uchun 200 tonnalik zamonaviy sovutgich ombori ham tashkil etildi.
— Ushbu loyihaning qiymati 1 million dollarga teng boʻlib, 2023-2026-yillarga moʻljallangan, — deydi institutning oziq-ovqat xavfsizligi va texnologiyasi kafedrasi mudiri Hayitmurod Tilavov. — Xurmodan tayyorlangan mayiz va chips mahsulotlariga ehtiyoj dunyo miqyosida yuqoriligini inobatga olsak, uni eksport qilish istiqbollari ham katta.
Institut olimlari ayni paytda loyihaning birinchi bosqichini amalga oshirmoqda. Kelgusida xurmoni quritish va chips tayyorlash sirlarini aholiga ham oʻrgatish maqsad qilingan.
— “Uzun Agro Star” MCHJ homiyligida tashkil etiladigan oʻquv kurslarida aholi xurmo mevasini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash zanjirini yaratish boʻyicha oʻqitib boriladi, —dedi institut rektori, professor Shavkat Hasanov. — Shu tariqa xurmo mevasini yetishtirish, quritish, saqlash hamda sotishga oid koʻnikmalari oshirilib, daromadlari ortadi, bandligi ham taʼminlanadi. Hududlarda mahsulot tannarxi past boʻlgan taxir taʼmli (limonli) xurmo mevalari qayta ishlanib, yangi quritilgan milliy brenddagi eksportbop meva mahsuloti yaratiladi. Aholining sogʻlom ovqatlanish tarzi yaxshilanib, yod tanqisligining oldi olinadi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring