Uzoq ishlash miya tuzilishiga qanday taʼsir qiladi?

Haftasiga 52 soat yoki undan koʻproq ishlash inson miyasi tuzilishiga taʼsir qilishi mumkin. Bu haqda “Occupational & Environmental Medicine” jurnalida chop etilgan tadqiqotda maʼlum qilindi.
Olimlar aniqlashicha, uzoq ishlash hissiyotni boshqarish, xotira va qaror qabul qilishga masʼul boʻlgan miya hududlarini oʻzgartiradi. Bunday oʻzgarishlar miyadagi “middle frontal gyrus” va “insula” kabi muhim hududlarda aniqlangan. Ushbu oʻzgarishlar stressga organizmning moslashuvi natijasida yuzaga kelayotgani taxmin qilinmoqda.
Tadqiqot Janubiy Koreyaning GROCS dasturi asosida olib borilgan boʻlib, unda tibbiyot sohasida faoliyat yurituvchi 110 nafar kishi qatnashgan. Ularning bir qismi haftasiga uzoq soatlar ishlagan, boshqalari esa standart ish haftasiga rioya qilgan. Aniqlanishicha, uzoq ishlaydiganlarda miya hajmida oʻzgarishlar koʻproq kuzatilgan.
Olimlar bu hali dastlabki tadqiqot ekanini va aniq sabab-oqibatni belgilash uchun uzoq muddatli tahlillar kerakligini taʼkidlashmoqda. Biroq ularning soʻzlariga koʻra, bunday oʻzgarishlar insonning ruhiy va aqliy holatiga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Tadqiqot mualliflari ish soatlarini cheklash va mehnat muhitini yaxshilash boʻyicha aniq siyosiy choralar koʻrish zarurligini taʼkidlashyapti. Chunki uzoq ishlash nafaqat charchoqka, balki miya tuzilishidagi oʻzgarishlar orqali aqliy va hissiy salomatlikka ham ziyon yetkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring