Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadovni qabul qildi

19:14 10 Iyun 2025 Siyosat
129 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-iyun kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizda boʻlib turgan Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri Ali Asadovni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida oliy martabali mehmon Oʻzbekiston yetakchisiga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Oʻzbekiston bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi doʻstlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Iqtisodiy kooperatsiya yili doirasida birgalikda samarali ishlar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, jumladan, qoʻshma Investitsiya kompaniyasi koʻmagida amalga oshirilayotgan kooperatsiya loyihalari qizgʻin pallaga kirgan. Faol madaniy-gumanitar almashinuvlar davom etmoqda.

Erishilgan kelishuvlar ijrosini nazorat qilish va boʻlajak oliy darajadagi uchrashuv uchun yangi tashabbuslarni ilgari surish maqsadida hukumatlar darajasida yaqindan amaliy hamkorlikni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi.

Shu maʼnoda, Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi va ikki mamlakat hududlari forumining yuqori natijadorligini taʼminlash zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер