Nursulton Roʻziboyevning navbatdagi jang sanasi maʼlum
UFCda faoliyat olib borayotgan oʻzbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Nursulton Roʻziboyev oʻzining navbatdagi jangini AQSHda oʻtkazadigan boʻldi. U 16-avgust kuni Illinoys shtatidagi Chikago shahrida tashkil etiladigan UFC 319 turniri doirasida oktagonga chiqadi. Bu haqda sportchining menejeri oʻzining “Instagram” sahifasidagi jonli efirda maʼlum qilgan. Shuningdek, Roʻziboyev ham oʻz sahifasida ushbu maʼlumotni bilvosita tasdiqladi.
Ayni paytda Nursulton Roʻziboyevga kim raqiblik qilishi aniq emas. Ammo bu jang Roʻziboyev uchun muhim ahamiyat kasb etadi, chunki u avvalroq bergan bayonotlarida yana bir jang oʻtkazgandan soʻng Oʻzbekistonga qaytishini aytgan edi. Demak, UFC 319 turnirdagi jang uning navbatdagi va ehtimol, vaqtincha soʻnggi chiqishi boʻlishi mumkin.
31 yoshli andijonlik sportchi soʻnggi bor 2024-yilning 19-may kuni Las-Vegasda boʻlib oʻtgan “UFC Fight Night” turnirida ishtirok etgan. Ushbu jangda u germaniyalik Dastin Stolsfusni ochkolar hisobiga koʻra magʻlubiyatga uchratgan va UFCdagi navbatdagi yutugʻini qayd etgan edi.
Taʼkidlash joizki, UFC 319 turnirining markaziy jangi oʻrta vazn chempioni Drikyus Dyu Plessi va Xamzat Chimayev oʻrtasida kechadi. Bu bellashuv ham juda katta qiziqish uygʻotgan. Nursulton Roʻziboyev ham aynan oʻrta vazn toifasida jang qiladi va uning bu diviziondagi harakatlari UFC tomoshabinlari uchun muhim ahamiyatga ega.
Fanatlar Roʻziboyevning Chikagodagi jangini katta qiziqish bilan kutmoqda. Bu bellashuv nafaqat uning shaxsiy sportchi sifatidagi sinovi, balki oʻzbekistonlik sportchilarning jahon arenasidagi nufuzini yanada oshirishda muhim oʻrin tutadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring