Oʻzbekiston muftiysi oʻzi taʼlim olgan Ishtixondagi maktabga kitoblar sovgʻa qildi
Prezidentimizning kitob mutolaasi orqali yoshlar taʼlim-tarbiyasini yaxshilashga oid tashabbusiga mos ravishda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov oʻzi taʼlim olgan Samarqand viloyati Ishtixon tumani Orlot mahallasida joylashgan 70-umumtaʼlim maktabiga shaxsiy kutubxonasidan badiiy-ommabop va diniy-maʼrifiy adabiyotlarni sovgʻa qildi.
Ushbu kitoblar maktab oʻquvchilarining yanada chuqur bilim olishi, dunyoqarashi kengayishi va maʼnan kamolga yetishiga katta xizmat qiladi.
Muftiy oʻquvchi-yoshlarga maʼrifatli inson boʻlish uchun, avvalo, yoshlikda puxta ilm olish zarurligi, koʻp kitob mutolaa qilish kerakligi, maktab taʼlimini yaxshi oʻzlashtirish muhimligini aytib, “Yoshlikda oʻrganilgan ilm toshga oʻyilgan naqsh kabidir” degan naqlni izohlab berdi. Imom Buxoriy bobomizning “Dunyoda ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay”, degan hikmatining mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring