Xalq taʼlimi vaziri: “Maktablarda elementar narsalar yetishmaydi, masalan, eng katta muammo - ichimlik suvi”
Foto: "Xalq so'zi"
“Xalq soʻzi ONLINE”. Hasan Toshxoʻjayev/Toshkent. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilari bilan oʻtkazilayotgan matbuot anjumanida savol-javoblar qizgʻin oʻtmoqda.
Xususiy va davlat maktablari toʻgʻrisida berilgan savolga xalq taʼlimi vaziri aniq va loʻnda javob berdi.
- Buyuk Britaniyada xususiy maktablarga eʼtibor katta boʻlgani bilan bitiruvchilarning atigi 7 foizi xususiy maktab oʻquvchilaridir, - dedi Sherzod Shermatov. - Bizda oxirgi ikki yilda xususiy maktablar soni toʻrt baravar oshdi, ammo bu hali hech qancha foizni tashkil qilmaydi. Kelgusida hamma yoqni xususiy maktablar bosib ketishidan aslo qoʻrqmaslik kerak.
Davlat maktablariga eʼtibor kamaymaydi. Bizning hozir eng birinchi muammomiz koinotni tadqiq etish emas, maktablarni suv bilan taʼminlashdan iborat. Aksariyat maktablarda elementar narsalar yetishmaydi. Qishda isitish muammo. Shunday holatda kuchli kadrlarni yetishtirish mumkinmi?!, - deb aytib oʻtdi xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring