“Uyimiz buzib tashlandi. Endi esa...”
Foto: Hakimjon Yoʻldoshev/“Xalq soʻzi”.
“Xalq soʻzi ONLINE”. Rahim Sherqulov/Toshkent. Bugun uy-joyga muhtojlar soni tobora kamayib boryapti. Bunga shubha yoʻq, albatta. Poytaxtimizda qurilayotgan arzon turarjoylar bunda katta rol oʻynayapti.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev qabulida boʻlgan Saydiniso Niyozova ham mamnun. Chunki uning yil davomida yechilmay kelayotgan masalasi hal boʻldi.
— Oʻgʻil farzandlarim ikki nafar. Ular uyli-joyli. Oʻgʻillarim bilan birga bir hovlida yashab, ochigʻi, juda qiynalardik. Bilasiz, biz va ikki oila bir joyda emin-erkin yashashi qiyin. Ustiga-ustak, oʻtgan yili uyimiz buzib tashlandi. Shu paytgacha masalamiz ijobiy hal boʻlmadi. Bugun Toshkent shahar hokimi qabuliga kirib, muammomni aytdim. Bizga 2 va 3 xonali ikkita koʻp qavatli uylardan kvartira hamda 5 sotix yer ajratiladigan boʻldi. Bundan juda ham xursandmiz.
Sayyor qabulda 65 yoshli Saydiniso onaga oʻxshab muammosi hal boʻlgan fuqarolar koʻp boʻldi. Maʼlum vaqt talab qilinadigan masalalar esa tegishliligi boʻyicha shaxsan mutasaddi rahbarlar nazoratga olinmoqda.
Sayyor qabul davom etyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring