Samarqandda mashina boshqargan 11-sinf oʻquvchisi YTH qurboni boʻldi

14:17 16 Fevral 2025 Jamiyat
454 0

Illyustrativ foto

Samarqand viloyati mashina boshqargan 11-sinf oʻquvchisi yoʻl-transport hodisasi oqibatida halok boʻldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 12-fevral kuni soat 12:30 larda Jomboy tumanida sodir boʻlgan.
Tumandagi 54-maktabning 11-sinf oʻquvchisi, 2007-yilda tugʻilgan yigit “Lacetti” mashinasini haydab ketayotib, boshqaruvni yoʻqotgan va yoʻl yoqasidagi daraxtga borib urilgan. Toʻqnashuv oqibatda yigit ogʻir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Biroq koʻrsatilgan muolajalarga qaramasdan u vafot etgan.

Manbaga koʻra, viloyat IIB YHXB boshligʻi ishtirokida marhum oʻquvchi tehsil olgan maktabda muhokama yigʻilishi oʻtkazilgan. Unda ota-onalarga bolalarga rul boshqaruvini topshirmaslik va ularni qarovsiz qoYigʻilishldirmaslik uqtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?