Rossiya yoki Xitoy: Oʻzbekiston qaysi davlat bilan kattaroq savdo aylanmasiga ega?
Foto: Illustrativ
Oʻzbekiston 9 oyda 190 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan. Bu haqda Statistika agentligining matbuot xizmati xabar berdi.
Xabar berilishicha, 2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston jahonning 190 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 48,2 milliard AQSH dollariga yetkazgan.
Maʼlum boʻlishicha, TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasi hissasiga toʻgʻri keladi. Ushbu miqdor umumiy aylanmaning 18,7 foiziga teng boʻlib, yana bir yirik hamkor Rossiyaning ulushidan 0,7 foizga yuqoriroq.
Bundan tashqari, Qozogʻiston (6,2 %), Turkiya (4,5 %) va Koreya Respublikalari (3,1 %) ham mamlakatimiz bilan katta eksport va import aylanmasiga ega davlatlar hisoblanadi.
Shundan, dastlabki 9 oyda eksport 19,8 milliardni, import esa 28,4 milliardni tashkil etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Sohibqironning bolalik va oʻsmirlik davrlariga bagʻishlangan “Temurbek” nomli tarixiy qissa taqdimot qilindi (+fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
- Amir Temur xotirasiga yuksak ehtirom koʻrsatildi
- Telegram bir sutka ichida 100 mingdan ortiq kanal va guruhlarni blokladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring