Buxorolik “oltin baliqcha”lar
Illyustrativ foto
“Xalq soʻzi ONLINE”. Temur Eshboyev/Navoiy. Buxorolik fermer va uning ishchisi Navoiy shahrida Muhayyo (ismi oʻzgartirildi) bilan ”tanishishadi”. Keyin esa qayta “tanishishadi” va yana...
Qisqacha aytganda, garchi bu tanishlari bezor boʻlsa ham ayol ularning fermer xoʻjaligiga oyma-oy borib turar, yeb-ichishi hamda kiyinishiga pul berib turmasa, “tanishuv”lar aks etgan videotasvirlarni internetga joylashtirib, oilasi va mahallasi oldida sharmandasini chiqarishini aytib qoʻrqitardi.
Shu yoʻl bilan Muhayyo ijarada turgan uyini taʼmirlatib, “oltin baliqcha” fermerlardan bir dona televizor undirdi. Tabiiyki, oyma-oy toʻlab borilgan ijara pullari buning ichiga kirmaydi.
Navbatdagi tashriflardan birida Muhayyo Sattor (ismi oʻzgartirildi) ismli qarindoshi bilan keladi. Buni qarangki, kelishdan koʻzlangan maqsad uning koʻngli avtomashinalik boʻlishni tusayotgani ekan. Sattor topgan “Matiz”ning pulini toʻlab berishsa, “tinch” qoʻyishini aytadi.
27 million soʻmlik dastlabki toʻlovni amalga oshirgan “oltin baliqcha” fermerlar, qolgan 20 million soʻmni bir oy ichida toʻlash shartiga rozi boʻlib, oʻz yogʻlariga oʻzlari qovurilib qolaveradilar.
— Asli Buxoro viloyatining Buxoro tumanilik fermerlarning viloyat IIB boshligʻiga qilgan murojaati asosida boshqarmamizning Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbirlar oʻtkazildi, — deydi viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Oʻktam Usmonov. — Tadbirda yuqorida ismlari oʻzgartirilgan holda keltirilgan fuqarolar videotasvirlarni internetga chiqarmaslik, fermerlik faoliyatiga aralashmaslik sharti evaziga talab qilgan “Matiz” avtomashinasi uchun 47 million soʻmlik toʻlovning qolgan 20 million soʻmini olayotgan paytlarida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Ayni kunlarda mazkur holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar yuzasidan tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring