Jizzaxda bitta xonadonga salkam 244 mln soʻmlik yolgʻon qarzdorlik yozilgani aniqlandi

14:35 18 Iyul 2019 Jamiyat
1040 0

Jizzax shahar “Zilol” mahallasida yashovchi Sevara Abdullayeva xonadoniga elektr energiyasidan asossiz ravishda 243 847 148 soʻm qarzdorlik yozilgan. Bu haqda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi “Xalq soʻzi“ga maʼlum qildi.

Federatsiyaga murojaat qilgan Sevara Abdullayeva uning nomiga yozilgan bu qarzdorlik umuman yolgʻon ekanligini, holatga aniqlik kiritishni soʻragan. Mutasaddilar barcha hujjatlarni oʻrganib, qayta hisob-kitob qilar ekan, ushbu qarzdorlik noreal deb topildi.

Eng qizigʻi S. Abdullayeva elektr energiyasi uchun oldindan 214 947 soʻm ortigʻi bilan toʻlov qilgan ekan. Mazkur masala oʻz yechimini topdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?