Oʻzbekistonda shu yildan oʻquv jarayoni boshlanadigan OTM tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi 536-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining “Oʻzbek maqom sanʼati fakulteti” hamda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining tegishli taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari negizida Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti tashkil etildi.
Institut Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga idoraviy jihatdan boʻysunadi.
Madaniyat sohasi ehtiyojlaridan kelib chiqib maqom ijrochiligi va baxshichilik sanʼati boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy- pedagog kadrlarni tayyorlash, ularning ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shugʻullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish institutning asosiy vazifasi etib belgilangan.
Institutda oʻquv jarayoni 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi.
Institutda xalqaro taʼlim standartlari hamda oʻquv dasturlariga muvofiq 2021/2022 oʻkuv yilidan boshlab taʼlimning kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
2020/2021 oʻquv yilida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi hamda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutiga qarorga 1-ilovada keltirilgan yoʻnalishlar (mutaxassisliklar) boʻyicha oʻqishga qabul qilingan, shuningdek, ushbu yoʻnalishlar (mutaxassisliklar)da tahsil olayotgan talabalar oʻqishlarini Institutda davom ettiradilar.
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Institutda maxsus sirtqi taʼlim tashkil etiladi hamda unga madaniyat va sanʼat taʼlimi yoʻnalishi boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga va taʼlim yoʻnalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga (pedagogika yoʻnalishlari uchun pedagogik stajga) ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan berilgan avsiyanomaga ega, test sinovlaridan (kirish imtihonlari yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring