Toshkentda Prezidentlar alleyasi barpo etiladi

Toshkentda “Uch shahar” majmuasi quriladi, ikkita yodgorlik o‘rnatiladi va Ikkinchi jahon urushi haqida ikkita film suratga olinadi. Buning uchun 160 million dollar sarflanadi.
Xususan, “Uch shahar” majmuasi “Xalq diplomatiyasi shahri”, “Etnoshahar” va “Kinoshahar”dan tashkil topadi. Mazkur loyiha uch bosqichda olib borilib, so‘nggisi 2021 yilda yakunlanadi.
Davlatimiz rahbarining “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida bu boradagi “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Keling, shular haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
“Uch shahar”
Majmua Toshkent shahri yoki Toshkent viloyati, lekin poytaxt chegarasiga juda yaqin hududda joylashadi. Maydoni kamida 100 gektarni tashkil etadi va vaqtinchalik foydalanish uchun beriladi, shundan 49 yili imtiyozli asosda bo‘ladi.
Birinchi bosqich – 2019 yil 1 sentyabrigacha. 18 million dollar yo‘naltiriladi.
“Xalq diplomatiyasi shahri”: oltita madaniyat markazi, Prezidentlar alleyasi, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, sun’iy tog‘li va qator-qator sharsharali shoirlar bog‘i, ochiq osmon ostidagi muzey, “Sevishganlar bog‘i”, kafe va restoran.
“Etnoshahar”: Amir Temur saroyi xiyoboni, favvoralari va bog‘i bilan, oltita etnohovli, kafe va restoran, suvenir rastalari, eski ko‘chalar, minora, shahar darvozasi majmuasi.
“Kinoshahar”: suratga olish uchun pavilon, kinomahalla, biznes-markaz, xiyobon hududi va boshqalar.
Ikkinchi bosqich: 2020 yilning 1 sentyabrigacha. 82 million yo‘naltiriladi.
“Xalq diplomatiyasi shahri”: to‘qqizta madaniyat markazi, ochiq konsert zali, ko‘rgazma majmuasi, kafe va restoranlar, mehmonxona, to‘rtta muzeyli muzey maydoni, kinematografiya markazi.
“Etnoshahar”: 13 ta etnosaroy, ikkita mehmonxona, 10 ta kafe va restoran, 20 ta suvenirlar rastasi, “Labi Hovuz” eski ko‘chalari majmuasi, ikkita etnomehmonxona, Ulug‘bek rasadxonasi, beshta o‘tov, ikkita minora, uchta shahar darvozasi va boshqalar.
“Kinoshahar”: mehmonxona, to‘rtta pavilon, biznes markazning ikkita bloki, kinomahalla (20 ta villa, 200 ta taunxaus, 75 xonali ko‘p kvartirali turarjoy), kinoakademiya, supermarket, xususiy maktab va bog‘cha, stadion, xiyobon va boshqalar.
Uchinchi bosqich: 2021 yil 1 sentyabrgacha. 42 million dollar yo‘naltiriladi.
“Xalq diplomatiyasi shahri”: kafe va restoran, mehmonxona, sport obyektlari(futbol maydoni, kortlar va boshqalar).
“Etnoshahar”: ikkita mehmonxona, kafe va restoranlar, karvonsaroy.
“Kinoshahar”: kovorking markazi, kinomahalla(18 tataunxaus, 77 xonali turarjoy), miniippodrom, ishlab chiqarish sexi.
“101” loyihasi
Ushbu loyiha shu nomdagi roman asosida “101” to‘liq metrajli filmini tasvirga tushirishni o‘z ichiga oladi. Unda Ikkinchi jahon urushida qatnashgan 101 o‘zbekistonlik haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, 2020 yil aprel oyi(1942 yilda 101 nafar o‘zbekistonlik qahramonning qatl etilgan sana)da ularga yodgorlik o‘rnatiladi.
“Qahramonlar” loyihasi
Ushbu loyiha “Qahramonlar” nomli roman asosida Ikkinchi jahon urushining ikki nafar qahramoni – mayor Maxsumov va leytenant Vey Li haqida to‘liq metrajli filmni suratga olish, shuningdek, 2020 yilda g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan qahramonlarga yodgorlik o‘rnatishni nazarda tutadi.
Mablag‘lar manbalari
Barcha uchta loyihaga 160 million dollar yo‘naltiriladi. Uning amalga oshirilishi muddati joriy yilning 1 sentyabridan 2021 yilning 1 sentyabrigacha. Asosiy mablag‘ manbalari – davlat byudjeti, “Etnomir”(Rossiya), WHITECO Harvest Investion (Kipr), Royal Holding Orbit Group LLC (BAA) kabi kompaniyalardan xorij investitsiyalari va boshqalardir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring