Toshkentda Hindistonning Amiti Universiteti tashkil qilinadi
Arxiv foto
Axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar sohasida Toshkent shahrida Amiti Universitetini (Hindiston) tashkil qilinadi. Bu 2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida oʻz ifodasini topgan.
Shu boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasida:
axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt va menejment yoʻnalishlari boʻyicha Universitet faoliyatini 2019/2020 oʻquv yilidan boshlash;
Universitet oʻquv binosini jihozlash va rekonstruksiya qilish, uning auditoriya va laboratoriyalarini xalqaro standartlar asosida zamonaviy uskuna va texnika bilan jihozlash;
xalqaro standartlarga muvofiq oʻquv reja va dasturlarini joriy qilish nazarda tutiladi.
Prezident qarori loyihasiga koʻra, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Toshkent shahar hokimligi 2019 yilning 1 avgustiga mazkur vazifalarni bajarishi belgilab qoʻyilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring