Suv oʻlchagich mablagʻingizni olti barobarga tejaydi

Shu yilning 17-iyul kuni respublikamiz Prezidenti rahbarligida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida hududlarda ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimini yaxshilash boʻyicha bajarilishi muhim boʻlgan masalalar muhokama qilingan boʻlib, bu borada soha xodimlari tomonidan amalga oshirilishi kerak boʻlgan dolzarb vazifalar belgilab berildi. Jumladan, Andijon viloyatida koʻcha kolonkasidan foydalanuvchi isteʼmolchilarning suv tarmoqlarini xonadonlariga olib kirish, suv inshootlariga diametri 400 mm. dan kam boʻlmagan zamonaviy suv hisoblagichlarni oʻrnatish ishlari olib borilmoqda. Birgina Paxtaobod tumanining oʻzida joriy yil oxiriga qadar 785 ta xonadonga suv kolonkalarini olib kirish rejalashtirilgan boʻlib, ayni paytgacha 582 ta xonadonga suv joʻmraklari va suv oʻlchagichlari oʻrnatildi. Ayni paytda tumanning Shovruq, Ziyoli va Toʻqqizbogʻ MFYlaridagi 200 ta xonadonda yangi loyiha asosida suv bilan taʼminlash ishlari bajarilmoqda. Joylarda esa aholiga bu boradagi qulayliklar haqida tushuncha berilyapti.
— Shu paytgacha koʻchamizdagi kolonkadan suv tashib ichganmiz, — deydiToʻqqizbogʻ MFYda istiqomat qiluvchi Fazilatxon Egamberdiyeva. —Oilada besh kishi boʻlganimiz bois bir oyga 17,5 ming soʻm toʻlov undirilgan. Suv oʻlchagich uskunasi oʻrnatilganidan keyin bu koʻrsatkich atigi 2 ming 800 soʻmni tashkil etdi. Demak, suv oʻlchagich uskunasi orqali bir oyda 14 ming soʻm mablagʻ tejayapman.
Andijon viloyatida 2021-yil oxiriga qadar barcha koʻchalardagi suv kolonkalarini xonadonlarga olib kirish ishlari rejalashtirilgan boʻlib, shu kungacha 22 ming 753 ta xonadonda bu boradagi ishlar nihoyasiga yetkazildi. Andijon, Xonobod shaharlari, Paxtaobod, Izboskan, Qoʻrgʻontepa tumanlarida ishlar koʻlami 35 foizga bajarildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida hududlarni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash va aholiga sifatli xizmat koʻrsatish koʻlami yana-da ortadi.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda nutq so‘zladi.
- Nodavlat oliy taʼlim muassasalari ustav fondini kamida 2 million AQSH dollari ekvivalentida shakllantirilishi shart – Vazirlar Mahkamasi qarori
- “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
- Yetakchilar “Imorat” tarixiy-meʼmoriy majmuasiga bordi
- “Xalq soʻzi” bo'lim muharriri “Oltin qalam” mukofoti sohibi boʻldi
- Xiva shahrida Birinchi Oʻzbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi muvaffaqiyatli yakunlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring