Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida

12:33 05 Aprel 2018 Hujjatlar
1327 0

 

O’zbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 14 fevralda qabul qilingan

Senat tomonidan 2018 yil 29 martda ma’qullangan

1-modda.  O’zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 1, 3-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007 yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008 yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010 yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9G’1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018 yil, № 1, 4-modda) quyidagi qo’shimchalar va o’zgartishlar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 2301 va 2302-moddalar bilan to’ldirilsin:

«2301-modda. Dalillarni soxtalashtirish
    (qalbakilashtirish)

Isbotlashni amalga oshirayotgan shaxslar yoki isbotlashda ishtirok etish uchun jalb qilinayotgan shaxslar tomonidan dalillarning tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlari materiallari bo’yicha dalillarni to’plash, tekshirish va baholash chog’ida g’arazli yoki boshqa past niyatlarda hujjatlarga yoxud ashyolarga bila turib yolg’on ma’lumotlarni kiritishda va o’zga buzib ko’rsatishlarda namoyon bo’ladigan soxtalashtirilishi (qalbakilashtirilishi),

— eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan to’rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’sha harakatlar:

a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo’lsa;

b) shaxsni ushlab turishga, qamoqqa olishga, jinoiy javobgarlikka tortishga yoki jinoiy javobgarlikdan ozod etishga, hukm qilishga yoxud oqlashga sabab bo’lsa,

— muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan etti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Og’ir yoki o’ta og’ir jinoyat to’g’risidagi jinoyat ishi bo’yicha dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish), xuddi shuningdek dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) og’ir oqibatlarga olib kelgan bo’lsa,

— muayyan huquqdan mahrum etib, etti yildan o’n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

2302-modda. Tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini
    soxtalashtirish (qalbakilashtirish)

Jinoyatni sodir etishga aloqasi yo’qligi oldindan ayon bo’lgan shaxsni jinoiy ta’qib qilish maqsadida yoxud shaxsning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro’siga zarar etkazish maqsadida tezkor-qidiruv faoliyati natijalarini tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishga vakolatli shaxslar tomonidan soxtalashtirish (qalbakilashtirish),

— eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’sha qilmishlar axborotni nooshkora olish uchun mo’ljallangan maxsus texnika vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan bo’lsa,

— eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan to’rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;
2) 235-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin: 

«235-modda. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo’llash

Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo’llash, ya’ni ma’muriy qamoqqa olingan shaxsga, shuningdek gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga, guvohga, jabrlanuvchiga, jinoyat protsessining boshqa ishtirokchisiga yoxud ularning yaqin qarindoshlariga ulardan yoki boshqa uchinchi shaxsdan biror-bir axborot olish, jinoyat sodir etganligiga iqrorlik ko’rsatuvi olish maqsadida, ularni sodir etilgan qilmish uchun o’zboshimchalik bilan jazolash yoxud biror-bir harakatni sodir etishga majburlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organning yoki boshqa davlat organining xodimi tomonidan yoxud uning dalolatchiligida yoki xabardorligida yoxud indamay bergan roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan qo’rqitish, urish, do’pposlash, qiynash, azob berish yo’li bilan yoki qonunga xilof boshqa harakatlar vositasida sodir etilgan qonunga xilof ruhiy, psixologik, jismoniy bosim o’tkazish yoki boshqacha tarzda bosim o’tkazish,

— muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O’sha harakatlar:

a) hayot va sog’liq uchun xavfli bo’lgan zo’rlikni qo’llagan holda yoxud shunday zo’rlikni qo’llash tahdidi bilan;

b) milliy, irqiy, diniy yoki ijtimoiy kamsitish zamiriga asoslangan har qanday sabab bo’yicha;

v) bir guruh shaxslar tomonidan;

g) takroran;

d) keksa shaxsga yoki nochor ahvoldagi shaxsga, voyaga etmagan shaxsga yoxud homiladorligi aybdorga ayon bo’lgan ayolga nisbatan;

e) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;

j) hayotga va sog’liqqa zarar etkazishi mumkin bo’lgan ashyolar qo’llanilib;

z) dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) maqsadida sodir etilgan bo’lsa,

— muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan etti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar badanga og’ir shikast etkazilishiga yoxud boshqa og’ir oqibatlarga sabab bo’lsa,

— muayyan huquqdan mahrum etib, etti yildan o’n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;

3) 237 va 238-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«237-modda. Yolg’on xabar berish

Yolg’on xabar berish, ya’ni jinoyat to’g’risida bila turib yolg’on xabar berish

— eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan etmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’sha harakat:

a) ayblovning sun’iy dalillarini vujudga keltirgan holda;

b) g’arazgo’ylik niyatlarida;

v) uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab; 

g) og’ir yoki o’ta og’ir jinoyat sodir etishda ayblab sodir etilgan bo’lsa,

— besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’sha harakat og’ir oqibatlarga sabab bo’lsa,

— sakkiz yildan o’n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

238-modda.  Yolg’on guvohlik berish

Yolg’on guvohlik berish, ya’ni surishtiruv olib borish, dastlabki tergov chog’ida yoki sudda guvohning yoki jabrlanuvchining bila turib yolg’on ko’rsatuv berishi yoxud ekspertning bila turib yolg’on xulosa berishi, xuddi shuningdek bir tildan ikkinchi tilga bila turib noto’g’ri tarjima qilish

— uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Surishtiruv olib borish, dastlabki tergov yoxud ishni sudda ko’rish chog’ida yolg’on ko’rsatuvlar berish uchun guvohni yoki jabrlanuvchini yoki yolg’on xulosa berish uchun ekspertni yoxud noto’g’ri tarjima qilish uchun tarjimonni pora evaziga og’dirib olish, xuddi shuningdek ularga yoki ularning yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy ta’sir ko’rsatish yoki boshqacha tarzda ta’sir ko’rsatish orqali yolg’on ko’rsatuv berishga majbur qilish

— uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:

a) uyushgan guruh manfaatlarini ko’zlab; 

b) og’ir yoki o’ta og’ir jinoyat sodir etishda ayblab sodir etilgan bo’lsa,

— besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi».

2-modda. O’zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 2, 5-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12, 269-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 418-modda; 2006 yil, № 6, 261-modda; 2007 yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011 yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12G’2, 363-modda; 2012 yil, № 1, 3-modda, № 9G’2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 5-moddalar) quyidagi qo’shimchalar va o’zgartishlar kiritilsin:

1) 19-modda quyidagi mazmundagi o’ninchi qism bilan to’ldirilsin:

«Sudlarda jinoyat ishlarining oshkora ko’rilishi printsipini cheklaydigan qo’shimcha talablarni joriy etish taqiqlanadi, bundan ushbu Kodeksda to’g’ridan-to’g’ri nazarda tutilgan hollar mustasno»;

2) 22-modda quyidagi mazmundagi to’rtinchi qism bilan to’ldirilsin:

«Dalillarni to’plash va mustahkamlashda ruxsat berilmagan usullar qo’llanilganligi to’g’risidagi murojaatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud-tibbiy ekspertizasi yoki boshqa ekspertiza o’tkazilgan holda majburiy tekshirilishi lozim»;

3) 53-moddaning birinchi qismidagi «dalillar sifatida foydalanilishi mumkin bo’lgan ma’lumotlarni» degan so’zlar «dalillarni» degan so’z bilan almashtirilsin;
4) 87-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan almashtirilsin:

«Himoyachi jinoyat ishi bo’yicha dalillarni to’plash va taqdim etishga haqli bo’lib, ular jinoyat ishi materiallariga qo’shib qo’yilishi, shuningdek tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov o’tkazish va jinoyat ishini sudda ko’rish jarayonida majburiy baholanishi lozim. Ushbu dalillar: ishga taalluqli axborotga ega bo’lgan shaxslarni so’rovdan o’tkazish hamda ularning roziligi bilan yozma tushuntirishlar olish; davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga so’rov yuborish hamda ulardan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar, tushuntirishlar va boshqa hujjatlarni olish orqali to’planishi mumkin»;

5) 91-modda quyidagi mazmundagi to’rtinchi qism bilan to’ldirilsin:

«O’ta og’ir jinoyatlar bo’yicha hodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish tarzidagi, tintuv, ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirish, tergov eksperimenti tarzidagi protsessual harakatlar videoyozuv vositalaridan foydalangan holda qayd etilishi shart»;

6) quyidagi mazmundagi 951-modda bilan to’ldirilsin:

«951-modda.  Dalillarning maqbul emasligi

Agar faktik ma’lumotlar qonunga xilof usullar orqali yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilish yoki bu huquqlarni cheklash yo’li bilan yoxud ushbu Kodeks talablari buzilgan holda olingan bo’lsa, shu jumladan:

1) jinoyat protsessi ishtirokchilariga yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo’llagan holda; 

2) ularni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) yo’li bilan;

3) gumon qilinuvchining, ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyaga bo’lgan huquqlari, shuningdek tarjimon xizmatlaridan foydalanish huquqi buzilgan holda;   
4) jinoyat ishi bo’yicha protsessual harakatning mazkur jinoyat ishini yuritishni amalga oshirish huquqiga ega bo’lmagan shaxs tomonidan bajarilishi natijasida; 
5) noma’lum manbadan yoxud jinoyat ishini yuritish jarayonida aniqlash mumkin bo’lmagan manbadan; 

6) jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining surishtiruvdagi, dastlabki tergovdagi sudda dalillar majmui bilan o’z tasdig’ini topmagan ko’rsatuvlaridan olingan bo’lsa, ular dalil sifatida maqbul emas deb topiladi.

Faktik ma’lumotlardan dalil sifatida foydalanishning maqbul emasligi tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning o’z tashabbusi bilan yoki ishtirokchilarning iltimosnomasi bo’yicha aniqlanadi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya dalillarning maqbul emasligi to’g’risidagi masalani hal qilayotganida har bir holatda yo’l qo’yilgan buzilish nimada aniq ifodalanganligini aniqlab olishi va asoslantirilgan qaror qabul qilishi shart.

Guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchidan ushbu Kodeks normalari buzilgan holda olingan ko’rsatuvlardan, ekspert xulosasidan, ashyoviy dalillardan, audio-, videoyozuvlardan va boshqa materiallardan dalil sifatida foydalanish taqiqlanadi»;

7) 241-modda quyidagi mazmundagi to’rtinchi qism bilan to’ldirilsin: 

«Sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo’llanilgan shaxs mazkur ehtiyot chorasini qo’llash to’g’risidagi ajrim ustidan u tegishli vakolatli organga keltirilgan paytdan e’tiboran etmish ikki soat ichida sud tartibida shikoyat qilishga haqli»;

8) 426-moddaning oltinchi qismidagi «stenogramma yuritilishi mumkin. Stenografik yozuv ishga ilova qilinmaydi» degan so’zlar «stenogramma yuritilib, uning materiallari jinoyat ishiga qo’shib qo’yiladi» degan so’zlar bilan almashtirilsin.

3-modda. O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Prokuratura to’g’risida»gi 746–XII-sonli Qonunining (O’zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan 257–II-sonli Qonuni tahririda) (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 9–10, 168-modda; 2003 yil,  № 5, 67-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 6, 249-modda; 2008 yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2012 yil, № 9G’2, 244-modda; 2015 yil, № 8, 310-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda) 31-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to’ldirilsin:

«Prokuror ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-huquqiy ta’sir ko’rsatishning boshqa choralarini ijro etish chog’ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, o’z vakolatlari doirasida:

ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o’tayotgan, qamoqda saqlanayotgan, ushlab turilgan yoki ma’muriy qamoqqa tortilgan shaxslardan jinoyatlar to’g’risida olingan arizalar, xabarlarni va boshqa ma’lumotlarni darhol ro’yxatga olish va hal etishda jinoyat-protsessual qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini; 

ushbu shaxslarga yoki ularning yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy ta’sir ko’rsatilishi yoki boshqacha tarzda ta’sir ko’rsatilishi ehtimolini;

qonunga xilof ravishda intizomiy javobgarlikka tortishning har bir fakti haqida yuqori turuvchi prokurorni keyinchalik xabardor qilgan holda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o’tash tartibini buzganlik uchun mahkumlarga nisbatan qo’llanilgan intizomiy jazo chorasining qonuniyligini majburiy tekshirishni amalga oshirishi shart».

4-modda. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga etkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o’rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

5-modda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo’lgan o’z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko’rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

6-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 

Ushbu Qonun 2-moddasining 8-bandi mazkur Qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy o’tgach amalga kiritiladi.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti                 Sh. Mirziyoev
Toshkent shahri, 2018 yil 4 aprel
№ O’RQ—470

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?