Samarqanddagi kafelarning birida qurtlagan goʻsht pishirilayotgani maʼlum boʻldi (video)

18:43 18 Aprel 2019 Jamiyat
6647 0

Illyustrativ foto

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida joylashgan kafelarning birida qurtlagan goʻshtni pishirib xoʻrandalar dasturxoniga tortilgani aks etgan video tarqaldi.

Facebookʻdagi “Samarqandliklar” guruhiga joylashtirilgan videoda goʻshtdan tayyorlangan taomda zararkunanda hasharot qurtlar yurgani tasvirlangan. Videoni tasvirga olgan odam bu kafe Samarqand shahridagi Xishraf qoʻrgʻonida joylashgan ”Ulfatlar” kafesi ekanini eslatib oʻtgan.

Tasvirlar qachon olingani maʼlum emas. Videoda dasturxondan boshqa hudud tasvirga tushirilmagan. Shu boisdan bu aynan oʻsha kafedan olinganini isbotlovchi maʼlumotlar yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер